35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida

Uchrashuvlar davomida xotin-qizlarning mehnat bilan bandligini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinib, fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, bu kabi uchrashuvlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, zo‘ravonlikning oldini olish hamda mahallalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 1