35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova, Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, viloyat Kengashi deputati, doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, ishchi guruh vakillari, tuman hokimi o‘rinbosari va masala yuzasidan hisobdor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibida ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan Bag‘dod tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i A.Xaydarov, tuman Avtomobil yo‘llaridan foydalanish davlat muassasasi boshlig‘i X.Qambarov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasining Yo‘l-ko‘prik xo‘jaligidan foydalanish bo‘limi boshlig‘i S.Jabborovning hisobotlari tinglandi.

Muhokamalar davomida deputatlar, Ekspert guruhi va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8