35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Qonun ijrosi nazoratda

Qonun ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati R. Ismoilova “Bahoriston” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Bakhmal Group” korxonasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-son “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining amaldagi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida korxonada mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi, xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan tanishtirilganligi, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari bo‘yicha bilim darajasi tahlil qilindi.
Deputat korxona jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, xodimlarni qiynayotgan masalalar va takliflarni tingladi hamda ularning savollariga amaldagi qonunchilik asosida batafsil tushuntirishlar berdi.
Ta’kidlanganidek, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etish, xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash, fuqarolarning mehnat huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda bu boradagi parlament nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1