35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Mikronutrient yetishmasligining oldini olish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Ekologik partiya a'zosi Fayzullayeva Malika Yarkunovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 7-iyundagi “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-251-son Qonuni ijrosi yuzasidan tumandagi 33-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur Qonunning aholi, ayniqsa, bolalar, o‘smirlar va xotin-qizlar o‘rtasida vitamin va mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, mikronutrient yetishmasligining oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etishga oid talablari ijrosi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, poliklinikada mikronutrient yetishmasligi xavfini aniqlash, aholiga profilaktik tavsiyalar berish, zarur hollarda tegishli vitamin va mineral preparatlari bilan ta’minlash, shuningdek, aholining sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha xabardorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchilik: profilaktik tadbirlarni aholining barcha tegishli qatlamlarini to‘liq qamrab olish, mikronutrient yetishmasligi bilan bog‘liq holatlarni erta aniqlash va ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonun talablarining amalda to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilab olindi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va profilaktik tibbiy xizmatlar sifatini oshirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Slide 1 of 6