35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

#deputat hududda

Deputat saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashdi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 5- okrugidan saylangan deputat M.Gulamov nomidan shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev navbatdagi o‘rganish ishlari olib bordi.

🔷Mazkur deputatlik okrugi hududida 6 ta ko‘cha mavjud bo‘lib , bu galgi o‘rganish Obod turmush MFY Evalak ko‘chasida tashkil etildi. Tashrif davomida ko‘cha boshi Ubaydullayev Abduxalil bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

🔷Uchrashuvda ko‘cha boshi tomonidan, avvalo, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan ko'cha chetlarini asfalt qilish, transformatorni xavfsiz va qulay hududga ko‘chirish, ichki ko‘chalarni yoritish chirog'ini olmashtirish va elektr sim yog'ochlarini beton simyog'ochga olashtirish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

📖Bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan deputat daftariga qayd etilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2