Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi muammolarni joyida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar davomida deputat Dilxush ko‘chasidagi 12-sonli ko‘p qavatli uy uyboshi Zakirova Nargiza Mirpayozovna bilan uchrashib, mazkur hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalarni atroflicha muhokama qildi.
Suhbat davomida ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatish sifati, obodonlashtirish, hudud tozaligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar "Deputat daftari"ga qayd etildi.
Aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.