35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

SANCHIQUL MFYDA SUG‘ORISH SUVLARI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova navbatdagi sessiya ko‘rib chiqiladigan masala “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati okrugdagi mahallarda ko'rib chiqildi .

Sanchiqul mahalla fuqarolar yig‘inining Orasta va Nafosat ko‘chalaridagi oqar suvlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chaboshilar bilan suhbat o‘tkazilib, suv ta’minoti va tomorqa yerlarini sug‘orish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar tinglandi.

Fuqarolar tomonidan sug‘orish suvi kelishi tizimli yo‘lga qo‘yilmagani, ayrim vaqtlarda suv miqdori me’yoridan ortiq kelishi, ayrim paytlarda esa umuman yetib kelmay qolishi natijasida tomorqalarni sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.

Aniqlangan muammolar sessiya muhokama qilinadi.

Slide 1 of 3