35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Fuqarolar murojaati deputatlik nazoratida: Olmazor tumanida manzillar bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi

Fuqarolar murojaati deputatlik nazoratida: Olmazor tumanida manzillar bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shahnoza Umarxo‘jayeva hamda ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda fuqarolar murojaati asosida Olmazor tumani “Ziyokor” MFY hududida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan hududdagi manzillar bilan bog‘liq muammo atroflicha tahlil qilindi. Aniqlanishicha, amalda ikkita Mirza G‘olib ko‘chasi mavjud bo‘lib, ularning har ikkalasida ham 3-raqamli uy joylashgan. Mazkur holat fuqarolar, pochta va kuryer xizmatlari, tez tibbiy yordam, kommunal hamda boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatida manzilni aniqlashda muntazam chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda.

📁 Xususan, birinchi manzil kadastr hujjatlarida “Mirza G‘olib ko‘chasi, 1-uchastka, 3-uy” sifatida qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi manzil esa hujjatlarda “Mirza G‘olib ko‘chasi, 3-uy” tarzida rasmiylashtirilgan. Shu sababli fuqarolar murojaatlari, rasmiy hujjatlar va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida turli noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

📉 O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan mavjud holat joyida ko‘zdan kechirilib, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilindi. Manzillarni yagona tartibga keltirish, hujjatlardagi ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda kelgusida bunday chalkashliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

🤝 Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratilib, mazkur masalani qonunchilik doirasida hal etish, zarurat tug‘ilganda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijro jarayonini deputatlik nazoratida olib borish ta’kidlandi.

✅ Yakunda D.Ravshanbekov fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni tezkor va amaliy hal etish hamda davlat xizmatlari sifatini oshirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 4