35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
Islohotlar ijrosida deputatlar faol hamkorlik qiladi
 Islohotlar ijrosida deputatlar faol hamkorlik qiladi

📎 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyasida 30-Chustiy saylov okrugi deputati Baxriddin Nurmatov tomonidan Prezidentimizning joriy yil 4-iyul kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida o‘tkazilgan yig‘ilish hamda Nurafshon shahrida so‘zlagan nutqlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan munosabat bildirildi.

📌 Ta'kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, mas'ul tashkilotlar va mahalla tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarning to‘liq hamda sifatli ijrosini ta'minlash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir.

✅ Deputat o‘z so‘zida tuman hokimligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda barcha mas'ul tashkilotlarga mazkur islohotlarni amalga oshirishda muvaffaqiyat tilab, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari ushbu jarayonda faol hamkor va samarali deputatlik nazoratini amalga oshiruvchi subyekt sifatida ishtirok etishini ta'kidladi.

Shuningdek, Olmazor tumanini yangi tizim asosida rivojlantirishning 2026–2027-yillarda amalga oshiriladigan strategik yo‘nalishlari bo‘yicha islohotlarni hayotga tatbiq etish chora-tadbirlar rejasining yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni har chorak yakunida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyalarida ko‘rib borish, mas'ul rahbarlarning hisobotlarini eshitish yuzasidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish taklifi ilgari surildi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 7