35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev Husniobod mahallasida bo‘lib, hududda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, ko‘chalarni tartibga keltirish hamda aholi uchun yanada qulay va shinam sharoitlarni yaratish borasida bajarilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida tuman hokimi tomonidan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va puxta bajarish hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

✅ “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar har bir xonadonda tinchlik, qulaylik va farovon muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4