35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda

🏛 Sessiya qarori ijrosi o‘rganildi: Zarabog‘ mahallasida amalga oshirilayotgan loyiha nazorat qilindi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan Zarabog‘ mahallasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔹 Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 07-aprelda qabul qilingan VII-22-48-8-119-K/26-son "Sherobod tumanida 2026-yil 1-mavsum doirasida 11–20-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan, eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🏗 Xususan, Zarabog‘ mahallasi hududidagi Shalqon–Zarabog‘ qishloqlari oralig‘idagi soyda mavsumiy oqib keluvchi sel suvlarini tartibga solish maqsadida qurilayotgan kichik suv havzasi qurilish ishlari bilan tanishildi.

📋 O‘rganish davomida obyektning qurilish jarayoni, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

✅ Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, loyihani sifatli yakunlash hamda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan obyektni foydalanishga topshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4