35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Kengash_faoliyati

🌱 Bandixon tumanida tomorqadan samarali foydalanish – amaliyotda

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-Gulbo‘g‘ saylov okrugidan saylangan deputat Xalmatov Isoqul Amandavlatovich tomonidan Gulbo‘g‘ mahallasida uyma-uy yurish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari tinglanib, xonadonlarda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Bandixon tumani, “Gulbo‘g‘” mahallasi, G‘aznachi ko‘chasida yashovchi fuqaro Maxsimov Juma xonadonida tomorqa yeridan unumli foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda oila daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadon egasi tomorqasining har bir qarich yeridan oqilona foydalanib, qovun, tarvuz, makkajo‘xori, poliz va turli sabzavot ekinlari yetishtirib, mo‘l hosil olayotgani e’tirof etildi. Tomorqadan samarali foydalanish orqali oilaning oziq-ovqat ta’minoti mustahkamlanib, qo‘shimcha daromad manbai yaratilgani alohida qayd etildi.

Mas’ullar va mahalla faollari tomonidan xonadonda amalga oshirilayotgan namunali tajriba ijobiy baholanib, bu kabi ilg‘or tajribalarni mahalladagi boshqa xonadonlarda ham keng ommalashtirish, tomorqalardan unumli foydalanish bo‘yicha fuqarolarga amaliy tavsiyalar berildi.

🌿 Har bir qarich yer – baraka va farovonlik manbai! Tomorqadan oqilona foydalanish orqali nafaqat oilaviy ehtiyojni qondirish, balki daromadni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mumkin.

Slide 1 of 1