35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Andijon pedagogika texnikumida “Payshanba — Yoshlar kuni!”

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Andijon pedagogika texnikumida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida joriy yil bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehnat bandligi bo‘yicha muammolari mavjud bitiruvchi yoshlar bilan suhbat olib borilib, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, imtiyozli kredit turlari, kredit olish tartibi va afzalliklari hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta'minlash hamda kelgusidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7