35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 19-Xumin saylov okrugidan saylangan deputat N. Fatullayeva tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kambag‘allik reyestrida turgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbir amalga oshirildi.
♻️Tadbir doirasida uy-joylarini ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga qurilish materiallari yetkazib berildi. Mazkur amaliy yordam fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda munosib turmush kechirishlari uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
♻️Deputat N. Fatullayeva bunday xayrli tashabbuslar aholining turmush farovonligini oshirish, muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5