Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati, "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya raisi E.Qurbonov tomonidan "Qorag‘ul" MFY hududida o‘rganish olib borildi. Mazkur mahallaning "Sherobod" ko‘chasi aholisi "Tashabbusli byudjet" (Open Budget) loyihasining 1-mavsumida faol ishtirok etib, g‘olib deb topilgan edi. Ayni paytda ushbu ko‘chani asfaltlashtirish ishlariga start berildi. Deputat E.Qurbonov jarayonni nazorat tartibida o‘rganib, quruvchilar va mahalla faollari bilan uchrashdi. O‘rganish davomida ishlarning sifatli bajarilishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi loyihalar mahalladoshlarimizning turmush farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.