35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT XONADONMA-XONADON YURIB FUQAROLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari va Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Z.Shodmonov hamda Q.Nishonov tomonidan Bog‘ishamol MFY mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obod mahalla – farovon hayot garovi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev tomonidan Olmazor mahallasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
янв.21
G‘alaba mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Dilorom mahallasida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov Dilorom mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
NURLI PANGAT MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Farrux Radjabov, Bekzod Tashmuxammedov hamda Inobatxon Xakimovalar ishtirok etdi.

📝 Unda dastlab Toshkent shahrida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida 2026 yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari Azimov Azamat Avazovich hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mirsodiqov Dilmurod Mirxamdamovichlarning axboroti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

📝 Kun tartibiga kiritilgan keyingi ikki masala Joriy yilning 2-choragida Toshkent shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hamda Joriy yilning 1-yarim yilligida Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan hisobot beruvchi tashkilot rahbari komissiya yig'ilishida qatnasha olmaganligi sababli kelgusi majlisga bir ovozdan qoldirildi.

🔎 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda Toshkent shahrida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Alimov Elmurod Erkinovichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan ushbu masala atroflicha muhokama va savol-javoblarga boy bo'ldi va yakunda ushbu hisobot qoniqarsiz deb topilib kelgusi yig'ilishga qoldirildi.

📉 Kun tartibidagi so‘nggi Xalq qabulxonasining 2026 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari haqidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziev Tolibjon Nazorovich hisobot berdi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan mazkur masala atroflicha o‘rganildi hamda deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib sessiya kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10