35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
AHOLI TOMORQALARIGA OQAR SUV YETKAZIB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XONADONLAR OBODLIGI — MAHALLA KO‘RKI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI — MAHALLA RAVNAQI UCHUN
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET ORQALI ICHKI YO‘LLARNI TA'MIRLASH BO‘YICHA TAKLIF ILGARI SURILDI
янв.21
OBOD MAHALLA UCHUN HAMJIHATLIK MUHIM
янв.21
DEPUTAT XONADONMA-XONADON YURIB FUQAROLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari va Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Z.Shodmonov hamda Q.Nishonov tomonidan Bog‘ishamol MFY mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obod mahalla – farovon hayot garovi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev tomonidan Olmazor mahallasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
#ekspert_fikri #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sohasiga oid qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi sifatida ishtirok etib, bir qator amaliy takliflarimni ilgari surdim.

🏥 Avvalo, hisobotlarda nafaqat davlat muassasalari, balki xususiy tibbiyot muassasalari, xususiy bog‘chalar, oromgohlar va boshqa xususiy tashkilotlar faoliyati ham to‘liq aks ettirilishi zarurligini ta’kidladim. Xususan, ushbu muassasalarda sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi, emlash holati hamda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilishi muhimligini qayd etdim.

📢 Shuningdek, aholi o‘rtasida iste’molchilik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligini bildirdim. Fuqarolar xususiy klinikalar, bog‘chalar, oromgohlar hamda umumiy ovqatlanish obyektlari xizmatlaridan foydalanishda sanitariya talablariga rioya etilganligi haqidagi ma’lumotlarni talab qilish madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladim.

🤝 Yana bir muhim taklifim davlat organlarining ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligini kengaytirishga qaratildi. Bunday hamkorlik qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb etish, ijtimoiy muammolarni tezroq hal qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

🔺 Bundan tashqari, tadbirkorlar o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borishni taklif qildim. Ushbu yo‘nalishda Respublika Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining Toshkent shahar filiali tomonidan amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanligimni ham bildirdim.

✅ Ishonchim komilki, doimiy komissiya yig‘ilishlarida bildirilayotgan ana shunday amaliy takliflar sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoya tizimlarini yanada takomillashtirish, aholining hayot sifatini oshirish hamda davlat va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🗣Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi - Baxtiyor Nasrullayev

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1