35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar muammolari o‘rganildi.

Tashriflar davomida aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularning turmush sharoiti hamda ijtimoiy holati joyida o‘rganildi.

Xususan, ichimlik suvi, elektr va tabiiy gaz ta'minoti, ichki yo‘llar, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar qayd etildi.

Har bir murojaat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy ishlar olib borildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Shuningdek, fuqarolarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar hamda murojaat qilish tartibi yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xonadonlarga kirib fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2