35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Deputat so'rovi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Matniyazov Akbar Qadirovich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ
Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘ini “Xalqlar do‘stligi” ko‘chasida ichimlik suvi quviri yorilib, suv ko‘chaga oqib, isrof bo‘layotganligi va ushbu quvirlarni
ta’mirlab, masalani ijobiy hal qilishga zarurat tug‘ilayotganligi va ushbu masala bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishini so‘radi.

📥 Deputat Matniyazov Akbar Qadirovich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 1