35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bekobod mahallasida “yettilik” faoliyati va hudud masalalari muhokama qilindi

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda
#162_ta_eng_muhim_qonun #Deputatlik_nazorati


Bekobod mahallasida “yettilik” faoliyati va hudud masalalari muhokama qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "4-Qoryog‘di" saylov okrugi deputati Sanjar Djalolovning okrugida Bekobod mahallasida "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

💬 Uchrashuvda mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

📇 Ma’lum bo‘lishicha, Bekobod mahallasida 3 366 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Hududda 40 dan ortiq yuridik korxona faoliyat yuritib, aholining bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, Ijtimoiy reyestrda 18 nafar fuqaro ro‘yxatga olingani qayd etildi.

📊 Mazkur uchrashuvda deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko'rib chiqildi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalari ham muhokama qilinib, Istirohat ko‘chasini 24/7 tamoyili asosida rivojlantirish bo‘yicha Olmazor tumani tajribasi asosida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, 109-sonli umumta’lim maktabi hamda 550-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarining kapital ta’mirga ehtiyoji mavjudligi bildirildi.

💼 O'rganishda Kengash kotibiyat mudiri, deputat Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ishtirok etdi.

Slide 1 of 6