35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Uy-joy ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori asosida uy-joy ta’miri belgilangan xonadonlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati vakillari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan To‘laboy mahalla fuqarolar yig‘ini, Shoh ko‘chasi 49-uyda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Monitoring davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, ishlarning belgilangan loyiha asosida amalga oshirilishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini yuqori sifatda tashkil etish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari mas’ullar bilan muhokama qilindi.

Mazkur qaror ijrosi hamda ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida bo‘lib, monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6