35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugidagi Tut-tagi MFYda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni o‘rganish yuzasidan navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari o‘rinbosari B.Xayitov ham ishtirok etdi. Ishchi guruh tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda ularning manzilliligi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining amaldagi tartib asosida tashkil etilishi, hujjatlarni rasmiylashtirish va murojaatlarni ko‘rib chiqish holati o‘rganilib, mavjud vaziyat yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va takliflar berildi. Bildirilgan fikr-mulohazalar navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalarni har tomonlama puxta ko‘rib chiqish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6