35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI TOMORQALARIGA OQAR SUV YETKAZIB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XONADONLAR OBODLIGI — MAHALLA KO‘RKI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI — MAHALLA RAVNAQI UCHUN
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET ORQALI ICHKI YO‘LLARNI TA'MIRLASH BO‘YICHA TAKLIF ILGARI SURILDI
янв.21
OBOD MAHALLA UCHUN HAMJIHATLIK MUHIM
янв.21
DEPUTAT XONADONMA-XONADON YURIB FUQAROLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari va Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Z.Shodmonov hamda Q.Nishonov tomonidan Bog‘ishamol MFY mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obod mahalla – farovon hayot garovi
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Bekbosinova, 8-sonli "Erkindarya" saylov okrugidan saylangan deputat J.Jumanazarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi K.Aitmuratovlar tomonidan belgilangan reja asosida Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida "Erkindarya" OFY hududida joylashgan "Aqeden" oilaviy shifokor punktida bo‘lib, muassasaning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar hamda moddiy-texnik ta’minot holati tahlil qilindi.
Bundan tashqari, aholini sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat bilan qamrab olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda imtiyozli toifadagi fuqarolarga bepul berilishi lozim bo‘lgan ayrim dori vositalari bilan ta’minlash masalasida ham ayrim kamchiliklar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, bepul dori-darmonlarning yetkazib berilishi va aholiga o‘z vaqtida yetib borishi yuzasidan tizimli ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun zarur mehnat sharoitlarini yaratish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Shuningdek, muassasaga murojaat qilgan fuqarolar tomonidan ayrim mutaxassis shifokorlar yetishmasligi, tibbiy ko‘riklarning muntazam tashkil etilishi hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar va tavsiyalar berildi. Mazkur masala doimiy komissiya nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan navbatdagi sessiyada tegishli axborot eshitilishi belgilandi.

Slide 1 of 6