Xotin-qizlar manfaatlari yo‘lidagi ishlar – deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Almanov tomonidan Mo‘g‘ol mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda «Ayollar daftari» bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga aniq taklif va tavsiyalar berildi.