Новости

Последние новости

янв.21
Qaror ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Suvnonobod mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida

⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida

👤 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Samandar Ismailov tomonidan “Tepaguzar” mahallasida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi doirasida navbatdagi tizimli o‘rganish ishlari olib borildi.

🏟 O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida mahalladagi bolalar sport maydonchalari va futbol maydonining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan futbol musobaqalariga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Tashrif davomida mahalla yoshlarini sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

👏 Alohida ta’kidlandiki, “Tepaguzar” mahallasi raisi yosh futbolchilarni musobaqalarga tayyorlash jarayonida shaxsan ishtirok etmoqda. Bu esa mahalla rahbariyatining yoshlar tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va mahalla kelajagiga bo‘lgan yuksak mas’uliyatini yaqqol namoyon etadi.

📌 Deputat tomonidan bunday tizimli o‘rganishlar sport maydonchalari holatini yaxshilash hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5