Новости

Последние новости

янв.21
Qaror ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Suvnonobod mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
Deputat tomonidan aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda

Deputat tomonidan aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan “18-Bogʻiston” okrugi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish, hududlarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida Bogʻobod mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

🗂 Mazkur o‘rganish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 695-sonli "Toshkent shahrida ko‘chalarni yoritish obyektlaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, shuningdek, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining eng muhim 24 ta yo‘nalishi ijrosi doirasida tashkil etildi.

↗️ Xususan, Bogʻobod mahallasidagi 22- va 24-ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan bolalar sport maydonchasi oldiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💼 O‘rganishda deputat Usmanov Anvar Baxramovich, Uchtepa tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, "Tumannur" korxonasi rahbari Azimov Kamoliddin Xusniddinovich, Bogʻobod mahallasi fuqarolar yigʻini raisi Turdiyev Kuchkar Karimovich hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

🖋️ O‘rganish davomida hududdagi mavjud holat atroflicha ko‘zdan kechirilib, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masala amaldagi tartib va belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirilishi belgilandi. Bolalar sport maydonchasi oldiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari belgilangan tartibda bajarilishi hamda mazkur masalaning ijrosi deputat nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

📁 Shuningdek, o‘rganish jarayonida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklarni kamaytirish, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham atroflicha o‘rganildi.

📊 Bunday manzilli o‘rganishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlardagi dolzarb muammolarni tizimli hal etish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5