Новости

Последние новости

янв.21
Qaror ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Suvnonobod mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputati Matluba Aminovaning tashabbusi bilan hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda.

Jumladan, mahalladagi homiylar ko‘magida 21-son umumta’lim maktabi old qismidagi 1 kilometr ichki yo‘lda zamonaviy lotoklar o‘rnatish hamda piyodalar yo‘laklariga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilishi belgilandi.

Mazkur tashabbus hudud aholisiga, ayniqsa o‘quvchilar va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari orqali yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yomg‘ir va oqova suvlarning oldini olish hamda hududning obod qiyofasini ta’minlash maqsad qilingan.

Bu kabi amaliy tashabbuslar aholi manfaatlarini ta’minlash va mahallalarni yanada obod etishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 5