Новости

Последние новости

янв.21
Qaror ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Suvnonobod mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga binoan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi "Uchtepa tumanida 2026-yil davomida aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi III-27-30-14-202-K/26-sonli qaror ijrosi doirasida Nayman mahallasida ham joylardagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

💼 Unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, Nayman MFY raisi Altinoy Kenjebayeva hamda hokim yordamchisi ishtirok etdi.

🛒 O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan "Olma" marketi hamda "Wish" ayollar go‘zallik saloniga tashrif buyurildi. Mazkur tadbirkorlik subyektlarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan mehnat sharoitlari, mavjud ish o‘rinlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Tashrif davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatini yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglanib, amaliy tavsiyalar berildi.

↗️ Qayd etilganidek, hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish aholi bandligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Shu bois tadbirkorlik subyektlari faoliyatini doimiy o‘rganish, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📝 O‘rganish yakunida aholi bandligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5