Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U. Safarov va K. Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov, K.Mamanova tomonidan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Dning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbiri yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, tuman hokimiyati yuristkonsulti G‘.Abduhakimov hamda Oqdaryo tumani “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari F.Sahaddinovlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, tuman hokimiyati yuristkonsulti G‘.Abduhakimov hamda Oqdaryo tumani “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari F.Sahaddinovlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹 Kengash reglamenti va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan qaror loyihalari muhokama qilindi.

🔹 Qonunchilikka asosan deputatlik so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartibi doirasida so‘rovlarga belgilangan muddatlarda to‘liq va asoslantirilgan javob berish zarurligi ta’kidlandi.

🔹 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq ayrim hollarda javoblar kechikayotgani yoki yuzaki yondashilayotgani tanqidiy tahlil qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish choralar belgilandi.

🔹 Davlat organlari va mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonunchilik normalariga binoan deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli javob qaytarish majburiy ekani qayd etildi.

🔹 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash tartibi asosida qaror loyihalarini sifatli ishlab chiqish va sessiyaga puxta tayyor holda kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔹 Qonun ustuvorligi va ijro intizomini ta’minlash maqsadida hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlik so‘rovlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.                                                           

Slide 1 of 5