Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U. Safarov va K. Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov, K.Mamanova tomonidan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Dning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbiri yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan joriy yilning 6 oyi davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi Zomin tuman bo'limi boshlig'i hisobot bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladi. Komissiya tomonidan masala atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgach, navbatdagi sessiya muhokamasiga taqdim etiladi.

Slide 1 of 4