YANGICHEK MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov Kengash huzuridagi ekspert
guruhi a’zolari ishtirokida Yangichek mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla
faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar
va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari
muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla faollari va nuroniylarning yoshlarni milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida hamjihatlik va ahillik muhitini
yanada kuchaytirishdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida mahalla ahlini qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan fikr va
takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar
berildi.