Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appaqov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov Andijon shahridagi "Bo‘ston" MFYda bo‘ldilar.
Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla raisi va "Mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishilib, aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
akunda hududni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.