Новости

Последние новости

янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bogʻishamol mahallasi hududida joylashgan Pedagogika texnikumida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Xabib Abdullayev” mahallasida hokim yordamchisi va profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida deputatga mahallada hokim yordamchisi ishini samarali tashkil etish hamda mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasini, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida tashkil etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi. 

Taqdim etilgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish hamda xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarga e’tiborni yanada kuchaytirish borasida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolar tomnidan bildirilgan murojaatlarni hamkorlikda hal etish choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 3