Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U. Safarov va K. Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov, K.Mamanova tomonidan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Dning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbiri yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
birinchi masala: Angor tumanida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Xolmatov Umid Yo‘ldoshevichning hisoboti tinglanadi.

birinchi masala: Angor tumanida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Xolmatov Umid Yo‘ldoshevichning hisoboti tinglanadi.

Bugungi kunda Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida jami 229 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, shundan 27 tasi davlat, 184 tasi oilaviy hamda 18 tasi davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan iborat.

Tumanda 3–7 yoshli bolalar soni 14 342 nafarni tashkil etib, ularning 11 600 nafari yoki 80,9 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Mazkur ko‘rsatkich 2026-yil ikkinchi choragi uchun belgilangan 82,7 foizlik reja ijrosini ta’minlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.

Maktabgacha ta’limga qamrab olingan bolalarning 4 956 nafari davlat, 5 425 nafari oilaviy hamda 1 219 nafari davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanmoqda. Shuningdek, 1 715 nafar bola bir yillik bepul majburiy maktabga tayyorlov guruhlarida, 3 241 nafari to‘liq kunlik guruhlarda, 6 635 nafari esa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya olmoqda.Tumandagi 47 ta umumta’lim maktabida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida olib borilgan tizimli ishlar natijasida 587 nafar o‘qituvchi xalqaro (IELTS, CEFR) hamda milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi. Bu esa pedagoglarning moddiy rag‘batlantirilishiga, ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, 7–11-sinf o‘quvchilari orasida xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar soni 502 nafarni tashkil etmoqda. Jumladan, 11-sinf bitiruvchilarining 236 nafari yoki 14 foizi xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lib, bu yoshlarning xorijiy tillar, axborot texnologiyalari va zamonaviy bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yuqoridagi natijalar tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samarali natijalaridan biridir.