Новости

Последние новости

янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasidagi xavfli holat o‘rganildi
янв.21
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Deputat yon daftari” — muammolarni tizimli yechimga aylantirish vositasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 19-Toshkesgan saylov okrugidan saylangan deputat Olim Mamaturayev tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Toshkesgan mahallasi hududidagi Chorvador va Urg‘unobod ko‘chalari masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

🔍 Deputat so‘rovi Zarbdor tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida Chorvador va Urg‘unobod ko‘chalarini bog‘laydigan hamda transport vositalari harakatlanishi mumkin bo‘lgan ko‘cha mavjud emasligi aniqlangan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, hududdagi mavjud vaziyat, aholi manfaatlari va infratuzilma holati inobatga olinib, Chorvador hamda Urg‘unobod ko‘chalarini bog‘lovchi ko‘cha tashkil etish masalasini fuqarolar bilan kelishgan holda amalga oshirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.