Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasidagi ko‘p qavatli uylardagi muammolar o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq tuman Kengashi deputatlari K.Mamanova hamda A.Isoqulovlar tamonidan Samarqand MFYda xotin-qizlar faoliyati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining haftalik ish rejasiga asosan kotibiyat xodimlari ishtirokida Dilorom mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati Do‘stqulova Dilbar Abdurazoqovnaning D 047 “Jizzax sh. – Paxtakor sh. – Do‘stlik sh. – Gagarin sh. – M39 avtomobil yo‘li”ning PK 41+694 km qismidagi ko‘prik inshooti texnik holati yuzasidan yuborgan deputatlik so‘roviga javob berildi.
янв.21
Deputat yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi
янв.21
Paxtakor tumanida yangi imkoniyatlar!
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A.Isaqulov tomonidan Samarqand mahallasida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabining sport zallari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov tegishli tashkilot rahbarlari bilan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat tomonidan yoshlar urug‘chilik klasteri faoliyati bilan tanishtirildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o'tdi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni reyestrga kiritish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, advokatlarni elektron tizim orqali tanlash hamda ularga haq to‘lash tartiblari aniq belgilab berildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan shaxslar, ruhiy holati buzilgan fuqarolar, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi yuzasidan sudga murojaat qilgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo‘yicha himoyaga muhtoj fuqarolarga davlat hisobidan malakali yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmlari yanada soddalashtirildi.

Qarorga muvofiq, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatlarni tasodifiy elektron tanlash, xizmat sifatini nazorat qilish va moliyalashtirish jarayonlari raqamlashtiriladi.