Новости

Последние новости

янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bogʻishamol mahallasi hududida joylashgan Pedagogika texnikumida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Oliy Majlis deputati Paxtakor tumanidagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi
янв.21
12-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan basalt qoplama ishlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.

 Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, hududlardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Maxkamov tomonidan Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari tashkil etildi. Unda mahalla raisi ham ishtirok etib, hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi Farg‘ona 1-tor va Furqat ko‘chalarining holati atroflicha tahlil qilindi. Mazkur ko‘chalarda yo‘l qoplamasining eskirgani, ayrim joylarda qatnov uchun noqulayliklar mavjudligi aholi murojaatlarida ham qayd etilgan.

Deputat tomonidan ko‘chalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ta’kidlanishicha, bunday o‘rganishlar hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularni tizimli ravishda hal etish va fuqarolar uchun qulay infratuzilma yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda aholi murojaatlariga yechim topish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5