Новости

Последние новости

янв.21
Deputat yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi
янв.21
Paxtakor tumanida yangi imkoniyatlar!
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A.Isaqulov tomonidan Samarqand mahallasida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabining sport zallari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov tegishli tashkilot rahbarlari bilan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat tomonidan yoshlar urug‘chilik klasteri faoliyati bilan tanishtirildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tashabbusi bilan amalga oshirilgan amaliy yordam
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Do'squlova Dilbar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do'squlova tuman hududidan o‘tuvchi D-047 “Jizzax–Gagarin” avtomobil yo‘nalishidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasida deputatlik so‘rovlariga mas’uliyatsiz yondashuv holatlari tanqidiy muhokama qilindi.
Chinoz tumani.Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi

Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 2-Xamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxramov tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq tumandagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati tahlil qilindi. Xususan, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining faoliyati, bemorlarni qabul qilish tizimi, dori-darmon ta’minoti hamda zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, navbatlar tizimi, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiy xizmatlardan aholining qoniqish darajasi yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4