Новости

Последние новости

янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
янв.21
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining haftalik ish rejasi 4-may - 8-may
янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Paxtakor tumanida sport maktabi qurilishi o‘rganildi
Aholi murojaati – doimiy e’tiborda!!!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugigadan saylangan deputat G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ATX 116/13-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ezoz Sodiqova tomonidan bolalar nafaqasini tayinlash masalasida murojaat kelib tushdi. Murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, masalani qonuniy va ijobiy hal etish maqsadida fuqaro ijtimoiy xodimga yo‘naltirildi. Deputat nazorati ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, bugungi o‘rganishlar jarayonida ATX 112/32-uyda yashovchi fuqaro Olmosxon Komilova sog‘lig‘ini tiklash va davolanish masalasida murojaat qildi. Fuqaroning salomatligi bilan bog‘liq muammoni tizimli hal etish maqsadida unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 10-oilaviy poliklinikaga (OP) yo‘naltirildi. Sog‘liqni saqlash masalalari deputatlik faoliyatimizda ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.

Bundan tashqari ATX 135/36-uyda yashovchi fuqaro Zamiraxon Alimova sog‘lig‘ini tiklash maqsadida sanatoriyga yo‘llanma (putyovka) olish bo‘yicha murojaat qildilar. Onaxonning murojaati tinglanib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va navbatga qo‘yish masalalarini hal etish uchun ijtimoiy xodimga yo‘naltirildi. Keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligi haqida qayg‘urish - bizning farzandlik burchimizdir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2