Новости

Последние новости

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
янв.21
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining haftalik ish rejasi 4-may - 8-may
янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Paxtakor tumanida sport maktabi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi murojaatlari va tomorqalar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputatlar joylarda: eksportbop mahsulotlar yetishtirish jarayonlari o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov bilan birgalikda “Guliston” mahalla hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi tuman deputati O. Umarovning o‘rik bog‘iga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida bog‘da yetishtirilayotgan eksportbop o‘rik navlari, ularni parvarishlash, saqlash va xorijiy bozorlarga chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

🍑✈️ Shuningdek, mahsulot sifatini oshirish hamda fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📊 Mutasaddilar tomonidan hududda agrar sohani rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Bu kabi amaliy tashriflar joylarda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5