Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
янв.21
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining haftalik ish rejasi 4-may - 8-may
янв.21
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
TA’LIM SIFATINI OSHIRISH — MUHIM VAZIFA

                Jalaquduq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Hikmatillo Latipov hududdagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida hokim maktabdagi o‘quv jarayonlari, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada yo‘lga qo‘yilgani bilan batafsil tanishdi. Sinfxonalardagi jihozlar, darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning bilim saviyasi, dars mashg‘ulotlarining sifati va o‘qituvchilarning metodik yondashuvlariga alohida e’tibor qaratildi. Jarayon davomida o‘quvchilarning darslarga qiziqishi, ularning faol ishtiroki va o‘zlashtirish darajasi ham tahlil qilinib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, e’tibor talab etadigan jihatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, tuman hokimi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazdi. Muloqot jarayonida pedagoglar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Hokim tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni har tomonlama rivojlantirish hamda o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha muhim fikr va tavsiyalar ilgari surildi.Bundan tashqari, maktabda zamonaviy o‘qitish usullarini keng joriy etish, dars jarayonlarini interaktiv shaklda tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida urg‘u berildi. Hokim ta’lim sifati — jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidlab, bu borada barcha mutasaddilar mas’uliyatni chuqur his etib ishlashi zarurligini qayd etdi.Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 8