“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH
MARKAZI
🔹
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi B.Ahmadjonov, kotibiyat mudiri
Sh.Rahimov hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Farg‘ona tuman bo‘limi
boshlig‘i D.Xomidovlar tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi
qarorlar ijrosi yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔹
O‘rganish davomida Bahor MFY hududida IT shaharcha doirasida barpo etilgan “IT
sentr” to‘liq tashkil etilib, foydalanishga topshirilgani aniqlandi.
🔹
Markazda yoshlar uchun zamonaviy IT bilimlarini egallash, raqamli
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda innovatsion
g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish uchun keng sharoitlar yaratilgan.
🔹
Ushbu markaz hududning raqamli salohiyatini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga
yo‘naltirish va bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹
“Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi doirasida bunday tashabbuslar —
innovatsion, bilimli va tashabbuskor yoshlar avlodini shakllantirishda muhim
omildir.