✍️Kosonsoy tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda tumanda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida navbatdagi hamkorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✍️ Mazkur yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirish, ularning mahalliy Kengashlar bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
📉 Yig‘ilish davomida bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
📥 Jumladan:
✔️siyosiy partiyalarning yillik va choraklik ish rejalari asosida doimiy komissiyalar hamda Kengash sessiyalariga dolzarb taklif va masalalarni kiritish tartibi,
✔️deputatlarning hududlardagi faolligini oshirish, ularning saylovchilar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish,
✔️aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni Kengash muhokamasiga olib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish,
✔️partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
✍️ Shuningdek, yig‘ilishda siyosiy partiyalar vakillari tomonidan ilgari surilgan takliflar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
❗️ Muhokamalar yakunida deputatlik faoliyatini yanada kuchaytirish, Kengash ishida partiyalarning faol ishtirokini ta’minlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi aniq chora-tadbirlarni belgilab olishga kelishib olindi