Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga Tuproqqal’a saylov okrugidan deputat, tuman hokimi A.O. Jimaliyozov tumanda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, nafaqalar tayinlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar holatini atroflicha o‘rgandi.
Tashrif davomida deputat Inson ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, markaz direktori S. Allayorov bilan birgalikda nogironlar va nafaqaxo‘rlar bo‘yicha elektron bazaga kiritilgan ma’lumotlar, ularning yuritilish tartibi va yangilanish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar jarayonida soha faoliyatini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni to‘liq qamrab olish hamda tizimda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.