O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 apreldagi PQ-139-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Bo‘ston tumanida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda doimiy komissiya raisi R.Sodikova tashabbusi asosida, Andijon viloyati Bo‘ston tumani 1-umumta’lim maktabida “To‘lan Nizom” xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi.
Ushbu musobaqa o‘quvchilarda xotirani ulug‘lash, milliy qadriyatlarga hurmat va intellektual salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.
🏆 Gʻolib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.