♻️Deputat mahalla raisi hamda hokim yordamchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
♻️O‘rganish jarayonida mahallada mavjud muammolar, jumladan infratuzilma, kommunal xizmatlar, yoshlar bandligi bo‘yicha aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan fikr almashildi.
♻️Deputat tomonidan mahalladagi kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar sust ahvolda ekanligi ta’kidlandi.
♻️Ishlarni samarali tashkil etish va mahalla yettiligi faoliyatini jonlantirish bo‘yisha takliflar bildirildi, muammolar ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi