Новости

Последние новости

янв.21
Deputat ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yolg‘iz keksalar xonadonida hashar tashkil etildi
янв.21
Deputat yosh dehqonlar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “OQ BULOQ” MFYDA ICHIMLIK SUVI VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputatlar Oqbuloq mahallasidagi tomorqa va issiqxonalar holatini o‘rgandi
янв.21
Do‘stlik mahallasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar sifati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar dastur ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDIXONALAR TEKSHIRILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTABLARDA SPORT SHAROITLARI TAHLIL QILINDI
Tuman Kengashi deputati Zomin turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida turizm va madaniy meros sohasining bugungi kundagi ahamiyati, hududning turistik salohiyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, Zomin hududining boy tabiiy va tarixiy maskanlari, ularni saqlab-avaylash hamda turizmni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalar bilan sohaga bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, amaliy ko‘nikmalarni oshirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, turizm yo‘nalishida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazish, milliy an’ana va urf-odatlarni keng targ‘ib etish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish ta'kidlandi.

Slide 1 of 2