Новости

Последние новости

янв.21
Deputat ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yolg‘iz keksalar xonadonida hashar tashkil etildi
янв.21
Deputat yosh dehqonlar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “OQ BULOQ” MFYDA ICHIMLIK SUVI VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputatlar Oqbuloq mahallasidagi tomorqa va issiqxonalar holatini o‘rgandi
янв.21
Do‘stlik mahallasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar sifati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar dastur ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDIXONALAR TEKSHIRILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTABLARDA SPORT SHAROITLARI TAHLIL QILINDI
#sessiya

SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALALAR:

🔰1-masala: O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 1-choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.

🔰2-masala: O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning o‘tgan 3 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

🔰3-masala: Ijtimoiy reystirdagi 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash borasida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

🔰4-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2021-yil 13-aprelidagi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 24-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.

🔰5-masala: 2026-yilda O‘rta Chirchiq tuman xududida “Yashil belbog‘”lar barpo etish to‘g‘risida.

🔰6-masala:. O‘rta Chirchiq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida.

🔰7-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son Qarorining O‘rta Chirchiq tumanidagi ijrosi to‘g‘risida.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!