Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

 Bunyodkor mahallasida 4-ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolganligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

️Deputatlik so‘rovi shahar hokimining o‘rinbosari D.Azimov nomiga yo‘llandi.

 Deputat Dilshod Saydazimov so‘roviga ko‘ra, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga asosan, “Bunyodkor” MFY 4-ko‘p qavatli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolganligi. Xususan, kirish yo‘laklarining devor va shift qismlari eskirgan, yoritish tizimi talab darajasida emas hamda umumiy sanitariya holati qoniqarsiz ahvolda. Ushbu holat aholi uchun noqulaylik tug‘diribgina qolmay, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham muammolarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur holatni vakolatingiz doirasida, mutaxasislarni jalb qilgan holda o‘rganib chiqib, tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan. Shuningdek, o‘rganish natijalari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotni 10 kun muddatda taqdim etish talabi qo‘yilgan.

 Mazkur deputatlik so‘rovi fuqarolarning yashash sharoiti, tungi vaqtlarda harakatlanishni yaxshilash hamda aholi murojaatlariga qonuniy va samarali yechim topishga qaratilgan.

Slide 1 of 1