Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi
ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi. Tashrif davomida mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Qurilish jarayonida binoning loyiha hujjatlari, qurilish ishlarining borishi, foydalanilayotgan materiallar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Yangi bino mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash, turli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishi rejalashtirilgani qayd etildi. Shuningdek, ob’ekt atrofini obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, qulay kirish-chiqish yo‘laklari va muhandislik kommunikatsiyalarini to‘liq shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi. Mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Slide 1 of 4